🇺🇿🇹🇷 Toshkentda “Bilim Toshkent” ilm-fan va texnologiyalar markazi ochildi!
Yoshlar ishlari agentligi
🇺🇿🇹🇷 Toshkentda “Bilim Toshkent” ilm-fan va texnologiyalar markazi ochildi!Toshkent shahar Yoshlar markazida O‘zbekiston–Turkiya hamkorligida bunyod etilgan “Bilim Toshkent” markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Ochilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, Turkiya Texnologiya Jamoasi Jamg‘armasi Boshqaruv kengashi raisi Elvan Kuzuju Hıdır hamda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ufuk Ulutash ishtirok etishdi.Mazkur markaz Yoshlar ishlari agentligi, “Besh tashabbus loyiha ofisi” hamda Turkiya Texnologiya Jamoasi Jamg‘armasi hamkorligida tashkil etildi.Markazda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar:•Aniq fanlar, aviatsiya, kosmik texnologiyalar, robototexnika va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida amaliy mashg‘ulotlar;•Xorijiy tillarni interaktiv usulda o‘rganish va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish;•Xalqaro ta’lim va mehnat bozoriga tayyorlanish.🏆Yurtimiz yoshlari xalqaro maydonlarda, jumladan, “FIRST Global Challenge 2026” jahon chempionatida ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritayotgan bir paytda, ushbu markaz kelajakdagi ixtirochilar va yosh chempionlarni tarbiyalashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.