Yangi avlod tadbirkorlari uchun to‘laqonli ekotizim: Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi ⚡️
Yoshlar Tadbirkorligini Rivojilantirish Jamg'armasi
Yangi avlod tadbirkorlari uchun to‘laqonli ekotizim: Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi ⚡️Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi (YTRJ) – yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha mamlakatimizdagi yirik davlat institutidir. Ushbu tashkilot Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning PQ-60 va Vazirlar Mahkamasining 426-sonli qarorlari asosida tashkil etilgan.Jamg‘arma shunchaki moliyaviy yordam ko‘rsatuvchi tashkilot emas, balki g‘oyadan to yirik brendgacha bo‘lgan jarayonda yosh tadbirkor uchun strategik hamkor hisoblanadi.Imkoniyatdan kimlar foydalanishi mumkin?•18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;•Yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon va hunarmandlar;•Ustav fondining 50 foizidan ortig‘i yoshlarga tegishli yuridik shaxslar;•Startap loyiha egalari hamda yoshlar texnoparki rezidentlari.Jamg‘arma yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 14 dan ortiq moliyaviy dasturlar va bir nechta yirik loyihalarni taklif etadi. Xususan, bugungi kunda quyidagi strategik yo‘nalishlar va loyihalar doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda:➡️“Ko‘mak” loyihasi: Chekka hududlarda o‘quv markazlarini tashkil etish yoki rivojlantirish uchun ssuda ajratadigan ijtimoiy tashabbus.➡️Yosh Tadbirkorlar Chempionati: Eng kuchli va innovatsion biznes loyihalarni aniqlash hamda rag‘batlantirishga qaratilgan respublika bellashuvi.➡️“Yoshlar Biznes Mktabi” (YBM): Faol tadbirkorlarga amaliy bilim berish va ularni professional rivojlantirishga qaratilgan ta’lim ekotizimi.➡️Yoshlar Ventures: Istiqbolli startaplarga kapital va mentorlik orqali global bozorga yo‘l ochuvchi davlat venchur fondi.Barcha jarayonlar va arizalar qabuli yoshlarfondi.uz platformasi orqali onlayn va shaffof tarzda amalga oshiriladi.Sizda g‘oya bor, bizda imkoniyat!