Возможности

"Biznesingni boshla" dasturi doirasida 10 ta loyiha 50 000 AQSh dollari miqdoridagi grantga ega bo'ldi


31 марта 2021 г. 22:41 1641

🏢 Andijon shahridagi "Raqamli shahar" texnoparkida Yoshlar ishlari agentligi va BMTning "Farg'ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg'unligi" qo'shma dasturi doirasida gi "Biznesingni boshla" (Just Start) akseleratsiya dasturi final bosqichi o'tkazildi.


🔰 Akseleratsiya dasturida qatnashish uchun yuborilgan 268 ta arizadan 85 tasi Andijon viloyati yoshlaridan, 117 tasi Farg'ona viloyatidan va 66 tasi Namangan viloyati yoshlaridan kelib tushgan. Yakuniy bosqichgacha yetib kelgan 83 ishtirokchining 23 nafarini qizlar tashkil etadi. Eng muvaffaqiyatli 34 jamoa final bosqichida qatnashish va o'z loyihalarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo'lishdi.


🇺🇳 Final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 10 ta loyihaga BMTning Tinchlikni mustahkamlash jamg'armasi tomonidan 50 000 AQSh dollari miqdorida grant mablag'lari ajratildi.


Похожие новости