Возможности

“Tata Steel Chess-2023”: Hamyurtlarimiz 10-turni durang bilan yakunladi


26 января 2023 г. 18:59 224

“Tata Steel Chess-2023”: Hamyurtlarimiz 10-turni durang bilan yakunladi


Turnirning 10-raundida Nodirbek Abdusattorov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisi Ding Lirenga qarshi bahs olib borib, durang qayd etdi. “Masters” guruhida peshqadamlikni saqlab qolgan hamyurtimiz (7 ochko) 11-turda guruhdagi eng yaqin ta’qibchisi — niderlandiyalik Anish Giri (6,5 ochko) bilan kuch sinashadi.


“Challengers” guruhida o‘yin o‘tkazayotgan Javohir Sindarov esa niderlandiyalik Ervin L’Ami bilan o‘tgan o‘yinda durang qayd etib, 6,5 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Javohir ertangi raundda yana bir mezbon ishtirokchi — Maks Varmerdamga qarshi dona suradi.


Ma’lumot uchun, bugun turnirda dam olish kuni, ertaga navbatdagi raund bahslari o‘tkaziladi. Hamyurtlarimiz g‘alabaga juda yaqin. Ularni birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz!



Похожие новости