Возможности

Nukus shahrida yoshlar bilan ishlash masalasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?


5 октября 2022 г. 19:28 236

Nukus shahrida yoshlar bilan ishlash masalasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?


Joriy yilning 4- oktabr kuni Nukus shahri Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyun kungi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 16 ta tumanlardagi 675 nafar oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarida taʼlim olayotgan yoshlarga to‘lov-shartnoma mablag‘larining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorini to‘lab berish maqsadida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Feruz Ablayarov (onlayn tarzda ZOOM platformasi orqali), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Abat Daniyarov, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i Po‘lat Maxsetbayev, oliy taʼlim muassasalari rektor o‘rinbosarlari, Nukus shahrida va Toshkent shahri hamda viloyatlarda taʼlim olayotgan talaba yoshlar (ZOOM platformasi orqali) ishtirok etishdi.

 

Tadbir davomida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshliqlariga yoshlarning taʼlim olishi uchun to‘lanadigan shartnoma pullarining vaucherlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tib, yosh iqtidorli yoshlar ishtirokida konsert dasturi taqdim etildi.


Tadbir so‘ngida talaba yoshlar o‘z tashakkurlarini izhor etishdi.


Похожие новости