Возможности

O'z innonavatsion g'oyalaringizni amalga oshirish imkonini qo'ldan chiqarmang!


6 марта 2021 г. 9:58 1381

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan qishloq xoʻjaligi sohasida startap va innovatsion loyihalariga ega boʻlgan yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash orqali bandligini taʼminlash maqsadida “Qishloq xoʻjaligida yoshlarning innovatsion loyihalari” tanlovini eʼlon qiladi. 


Tanlovga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha loyihalar topshirilishi mumkin:


Suv tejovchi texnologiyalarni qishloq xoʻjaligida ishlatish.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash boʻyicha innovatsion yechimlar.

Samaradorligi yuqori boʻlgan oʻgʻitli mahsulotlardan foydalanish.

Issiqxona faoliyatini tashkil etishning innovatsion usullari.

Bogʻdorchilik, polizchilik yoʻnalishidagi soʻngi texnologiyalar.

Yangi avlod koʻchatlarni yetishtirish, koʻpaytirish va ekish.

Qishloq xoʻjaligiga oid boshqa yoʻnalishlar.


Tanlov shartlari:


Ishtirokchilar 40 yoshdan oshmagan boʻlishi lozim.

Imtiyozli shartlarda yer maydoniga ega boʻlishi lozim.

1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin.


Tanlov boʻyicha loyihalar joriy yilning 15-mart sanasiga qadar ushbu havola orqali qabul qilinadi. 


Har bir loyiha uchun 50 mln soʻmgacha pul mablagʻlari ajratilishi rejalashtirilgan bo'lib, har hafta ekspertlar tomonidan eng yaxshi 25 tasi saralab olinib, jami100 ta loyiha tanlab olinadi.


Batafsil...



Похожие новости