Ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan yosh xotin-qizlarning malakasini oshirishga qaratilgan loyiha

27 сентября 2022 г. 12:47 1954

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan yosh xotin-qizlarning malakasini oshirishga qaratilgan “PhD sari qadam” mavzusidagi o‘quv-kursi

MA’LUMOTI


O‘tkazish shakli: oflayn

Davomiyligi: 2 oy

Umumiy qamrab olinuvchi ishtirokchi soni: 30 nafar

 

Ma'lumki bugungi kunda ta'lim jarayonini muvaffaqiyatli modernizatsiyalashtirishi natijasida ilm-fan rivojiga hissa qo‘shayotgan yosh xotin-qizlarimiz yanada ko‘pchilikni tashkil qilmoqda.

Ilm-fanni rivojlanishi, yangi ilmiy-innovatsion dunyoqarash asosida fanga yangiliklarni olib kirilishi ham bevosita yaratilgan bugungi kun imkoniyatlarining natijadir.

Joriy etilayotgan qonun hujjatlari - xotin-qizlarga qaratilayotgan e'tibor, oliy ta'limdan keyingi ta'lim shakllarining xotin-qizlar uchun imkoniyatlarga boyligi- tadqiqotchi yosh xotin-qizlar safini yanada kengaytirmoqda.

 

O‘quv-seminar tashkil etilishidan maqsad: Iqtidorli va ilmiy tadqiqot ishlari bilan yuqori natijalarga erishayotgan xotin-qizlar faoliyatini rivojlantirish hamda ularning faoliyat jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma, malakalarini yanada mustahkamlash maqsadida olima xotin-qizlar o‘rtasida “PhD sari qadam” mavzusida o‘quv-kursi tashkil etiladi.

 

O‘quv kursi davomida yosh tadqiqotchilarga quyidagi yo‘nalishlardagi bilim, ko‘nikma, malakalari oshiriladi.

1. IMRAD uslubida ilmiy maqola yozish ko‘nikmalarini shakllantirish;

2. Ishni rejani tuzish, ilmiy tadqiqot ishi asosnomasini shakllantirish tartibini o‘rganish;

3. Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;

4. Ilmiy bazalarda o‘z ishini targ‘ib qilish;

5. Xalqaro va mahalliy ilmiy loyihalarni yozish mexanizmini tadqiq qilish;

6. Xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlar bazasidan to‘g‘ri foydalana olish, iqtibos keltirishning ilmiy shakllarini o‘rganish;

7. Phd, D.Sc dissertatsiyalarini yozishdagi xatoliklarni tahlil qilish.

 

O‘quv kursida ishtirok etish uchun ro‘yhatdan o‘tgan nomzodlar orasidan eng kuchli 30 nafar tadqiqotchi suhbat asosida saralab olinadi. Saralab olingan nomzodlar bilan 2 oy davomida haftasida 2 martadan o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi.

Mashg‘ulotlar davomida o‘quv kursi ishtirokchilarining amaliy faoliyat natijalari, yutuqlari, xalqaro Scopus hamda OAK taassurifidagi ilmiy, mahalliy hamda xalqaro jurnallarda nashrga berilayotgan maqolalari haqida ma’lumotlar kursning natijaviyligi sifatida yoritilib boriladi.

Kurs yakunida soha mutaxassislari bilan birgalikda tadqiqotchilarning ilmiy faoliyati taqdimoti amalga oshiriladi.