Agentlik

Abduqodirov Nodir Abduqayumovich

Direktorning axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi - matbuot kotibi

Ish faoliyati

2001-2017 - Vodiy sadosi radiosi musiqiy muharrir, boshlovchi, axborot bo'limi boshlovchisi; 2009-2013 - "KFUM Golden trans servis" MCHJ bosh direktori; 2013-2017 - "Paxtakor" futbol klubi axborot xizmati rahbari; 2017-2020 - O'zbekiston yoshlar ittifoqi axborot xizmati rahbari; 2020- h.v. - O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi axborot va media xizmati rahbari.

Vazifa va funksiyalari

Agentlikning ijobiy imijini shakllantiradi va ilgari suradi, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini oʻrganadi; muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida Agentlik rahbarlarining chiqishlarini tashkil etadi; Agentlik faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yangilab boradi; axborot xizmati faoliyatiga rahbarlik qiladi, yuklatilgan vazifalarning bajarilishiga shaxsan javobgardir; axborot xizmati faoliyatiga oid uzoq muddatli va amaldagi ish rejalarining tuzilishi va bajarilishini taʼminlaydi; ommaviy axborot vositalarining Agentlikka murojaatlarini koʻrib chiqadi; Agentlik muassisligi va hammuassisligidagi ommaviy axborot vositalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda axborot xizmati faoliyatiga jalb qiladi; Agentlik muassisligidagi va hammuassisligidagi ommaviy axborot vositalarining faoliyatini monitoring qiladi; axborot xizmati faoliyatiga tegishli axborotlarni tayyorlaydi va Agentlik direktoriga kiritadi, takliflar beradi;

Foydali resurslar