Agentlik

Ablayarov Feruz Karimovich

Yoshlar ishlari agentligi direktori o'rinbosari

Ish faoliyati

2022 yy - Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar bandligini taʼminlash va tadbirkorligini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i

Vazifa va funksiyalari

«Yoshlar daftari»ni tizimli ravishda yuritish, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish; xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni kompensasiya qilish; «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun iste’mol kreditlari ajratish; professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliyot o‘tgan vaqtida har oylik subsidiya ajratish; yoshlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish; yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirish; yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi targ‘ibot materiallarini chop etish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash; «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosining ta’minlanishi.

Foydali resurslar