Yoshlar ishlari agentligi direktori o'rinbosari
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari
xalqaro ta’lim dasturlari (imtihonlar) bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berilishini ta'minlash; yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun yanada kengroq imkoniyat yaratilishini ta'minlash; ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarni volontyorlik faoliyatiga jalb etishga ko'maklashish; yoshlar tashkilotlarida volontyorlik klublari va guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muofiqlashtirish; «Imkon ta’lim» granti orqali nogironligi bo‘lgan yoshlarni axborot texnologiyalari sohasining «Veb dasturlash», «Grafik dizayn», «Sosial media marketing» va shu kabi yo‘nalishlarda grant asosida bepul o‘qitilishini ta'minlash; «Mehribonlik» uylari Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalanuvchilari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlarini va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini to‘lab berish tizimini joriy qilishga ko'maklashish; yoshlar muammolarini tadqiq qilish ishlari samaradorligini oshirish, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish; yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish; O‘zbekistonda yoshlar muammolari va ularni hal qilish yo‘llari, hududlar va tashkilotlarda ushbu yo‘nalishdagi ishlar natijadorligi hamda xorijiy mamlakatlar tajribasiga doir tahliliy hujjatlar tayyorlash; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash; «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosining ta’minlanishi.