Agentlik

Mo‘minov Abdulaziz Majid o‘g‘li

Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i

Ish faoliyati

Vazifa va funksiyalari

boshqarma ish faoliyati va uning bevosita boshqaruvini tashkil etadi, boshqarma faoliyatiga oid ishlarni muvofiqlashtiradi va rejalashtiradi; Agentlikning tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvaliga muvofiq lavozimlarga tavsiya qilingan nomzodlar, xodimlarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqib, rahbariyatga koʻrib chiqish uchun kiritadi; boshqarma xodimlarini tanlash, joy-joyiga qoʻyish, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash hamda boʻlim vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar boʻyicha materiallar tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritadi; Agentlikning yigʻilishlari va majlislarida, shuningdek, rahbariyatning topshirigʻiga binoan boshqarma tasarrufiga kiruvchi masalalar boʻyicha idoralararo ishchi guruhlar va kengashlar faoliyatida ishtirok etadi; xodimlar tomonidan xizmat hujjatlari bilan ishlash va ularni saqlash boʻyicha ishlarning belgilangan tartibiga amal qilinishini taʼminlaydi; Agentlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari tashkiliy tuzilmasidan kelib chiqib inson resurslarini rivojlantirish yuzasidan yoʻriqnomalar, chora-tadbirlar hamda strategiyalar ishlab chiqadi va rahbariyatga taqdim etadi; hududlardan tavsiya etilayotgan kadrlar hujjatlarini tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun rahbariyatga kiritadi; xizmat vazifalarini soʻzsiz bajarish va ichki mehnat tartibiga qatʼiy rioya etadi.

Foydali resurslar