Agentlik

Oxunov Islom Bahrom o‘g‘li

Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i

Ish faoliyati

Vazifa va funksiyalari

mahalliy va xalqaro tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlar bilan yaqin hamkorlik qiladi, ularning yuqori malakali mutaxassislari ishtirokida treninglar, konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar oʻtkazadi; xalqaro munosabatlar boʻyicha yagona yoshlar siyosatini yuritadi va nazorat qiladi; xalqaro va xorijiy yoshlar tashkilotlari bilan yoshlarga oid davlat sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi, shuningdek mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi; iqtidorli yoshlarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga ta’lim olish uchun yuboradi, xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini ta’minlaydi; Agentlik rahbariyatini xalqaro munosabatlar sohasida axborot-tahliliy maʼlumotlar bilan taʼminlaydi; xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan, istiqomat va mehnat qilayotgan yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshiradi; yoshlar masalalarida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro hamkorlik istiqbollari borasida qoʻshma tadqiqotlar olib boradi; xalqaro yoʻnalishdagi loyihalarni muvofiqlashtiradi va ularning monitoringini olib boradi; xalqaro fan olimpiadalarida oʻquvchi yoshlarning yuqori saviyadagi ishtirokini taʼminlashda koʻmaklashadi; Agentlik vakolatiga kiradigan yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro shartnomalarni ishlab chiqadi va ularning ijrosini nazorat qiladi; boshqarmaga kelib tushgan (xalqaro faoliyatga daxldor) murojaatlarning har taraflama va obyektiv koʻrib chiqilishini taʼminlab boradi;

Foydali resurslar