Agentlik

Xoldarova Indira Abdukarimovna

Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi

Ish faoliyati

Vazifa va funksiyalari

yoshlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, madaniyat va san’atga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqadi hamda bu boradagi tadbirlar tizimli amalga oshirilishini ta’minlaydi, yoshlar o‘rtasida tanlov, festival, forum, musobaqa va boshqa tadbirlarni tashkil etadi; yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan loyihalarni rag‘batlantirishni tashkil etadi va amalga oshiradi; yoshlar, yosh oilalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilaydi va amalga oshiradi, tanlovlar tashkil etadi va o‘tkazadi; yosh avlodni jismonan barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi; mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshiradi; yoshlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish, ularni “Yoshlar akademiyasi” faoliyatiga keng jalb qilish choralarini ko‘radi; yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtiradi; yoshlar o‘rtasida sport, madaniyat, ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar monitoringi hamda hududiy bo‘linmalarning mazkur sohadagi faoliyatini nazorat qiladi; madaniyat, san’at, kitobxonlikni rivojlantirish sohalarida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qiladi; yoshlarni turli axborot xurujlari, radikal gʻoya va yot mafkuralardan himoya qilish, yosh avlodni Vatan manfaati yoʻlida birlashtirish, mamlakatimiz tarixini va milliy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, diniy bagʻrikenglik va insoniylik tuygʻularini shakllantirish choralarini koʻradi; oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnan va jismonan barkamol voyaga yetkazish, ularni sogʻlom turmush tarziga jalb etish boʻyicha keng koʻlamli tashkiliy, targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi; yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning fikr-mulohazalarini oʻrganishga qaratilgan ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi va natijasi boʻyicha tegishli tadbirlarni amalga oshiradi; yoshlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, madaniyat va sanʼatga boʻlgan intilishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish hamda bu boradagi tadbirlarning tizimli amalga oshirilishini taʼminlash, yoshlar oʻrtasida tanlov, festival, forum, musobaqa va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;

Foydali resurslar