Biz haqimizda

Maqsad va vazifalar

1
Yoshlar siyosati

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq vazifalarning bajarilishini taʼminlash maqsadida yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish

2
Yoshlarning huquq va erkinliklari

Yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini amalga oshirishda faol ishtirok etish

3
Yoshlar hamkorligi

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish

4
Yoshlar va tadbirkorlik

Yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlar, raqamli iqtisodiyot ko‘nikmalarini puxta egallashlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan taʼminlash jarayonlariga ko‘maklashish

5
Kuchli yoshlar

Yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish

6
Ijtimoiy himoya

Tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish va bandligini taʼminlash

7
Vatanparvarlik

Yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fanga keng jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, yoshlarga oid davlat siyosati targ‘ibotini tashkil etish va amalga oshirish

8
Teng huquqli yoshlar

Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash

9
Xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalar

yoshlar faoliyati bilan bog‘liq sohalarga xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish

10
Xalqaro hamkorlik

Yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, xorijda taʼlim olayotgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish

11
Yoshlar uchun grantlar

Yoshlar yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek,  yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish sohasidagi dasturlar, loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalarni taqsimlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash

12
5 ta muhim tashabbus

Yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini qamrab olgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish, iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyati va isteʼdodini rivojlantirish

Shuningdek, Ittifoq va uning alohida bo‘linmalari qoshida tegishli ravishda bolalar yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib boruvchi “Kamalak” sho’balari tashkil qilinadi. Ular Ittifoq va uning alohida bo‘linmalarining sho’basi hisoblanadi.

Foydali resurslar