Imkoniyatlar

"Besh tashabbus olimpiadasi” ning 2023-yil 1-mavsumi davom etmoqda!


25-May, 2023-yil 16:24 594

"Besh tashabbus olimpiadasi” ning 2023-yil 1-mavsumi davom etmoqda!


Tahlillarimizga ko'ra, joriy yilning, 23-martidan 4-apreliga qadar beshtashabbus.uz sayti orqali jami 4 mln 855 ming 729 nafar yosh elektron ro‘yxatdan o‘tgan.


Birinchi bosqichda: “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 9 440 ta mahallalarda 9 ta tanlov va ommaviy sport musobaqalari (ko‘chalararo-mahalla) bosqichida jami 4 mln 203 ming 432 (1 mln 558 ming 993 nafar qizlar) nafar yosh ishtirok etdi.


Ikkinchi 832 ta mahallalararo sektor bosqichida respublika bo‘yicha 13 ta tanlov va ommaviy sport musobaqalari doirasida jami 811 ming (349 ming nafar qizlar) nafar yosh ishtirok etdi.


Uchinchi sektorlararo bosqichda 15 ta tanlov va ommaviy sport musobaqalarining (208 ta tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, 212 160 nafar mahalla yoshlari ishtirok etishdi. Ulardan 55 120 nafar yoshlar viloyat bosqichiga yo‘l olishdi.


Ma'lumot uchun, 26-maydan 10-iyunga qadar bo‘lib o‘tishi kutilayotgan to‘rtinchi (shahar) lararo hududiy bosqichda 14 ta tanlov va ommaviy sport musobaqalari doirasida 7 938 nafar yoshlardan g‘olib va sovrindorlari respublika final bosqichining “A”, “V” va “S”-ligalarida ishtirok etadilar.


Shu mavzuga oid yangiliklar