Matbuot xizmati

"Giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida tanlov e'lon qiladi


20-Iyun, 2022-yil 18:38 13094

Narkotik moddalarni nazorat qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstrasiyasi qoshidagi ommaviy Axborot kommunikatsiyalar agentligi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida "Giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida tanlov e'lon qiladi.


Taqdim etiladigan videoroliklar: 


● Telekanallar uchun 1:30 - 2:00 daqiqa. 

FullHD (1920x1080) formatida bo‘lishi lozim. 


● Ijtimoiy tarmoqlar uchun 1:00 - 1:30 daqiqa. 

FullHD (1920x1080) formatida bo‘lishi lozim. 


Tanlov g'oliblari:


2ta oliy o'rin - Noutbuk (Lenovo - Intel core i3)

6ta birinchi o'rin - Velosiped

6ta ikkinchi o'rin - Televizor (Artel)

6ta uchinchi o'rin - Planshet bilan taqdirlanadilar. (G-Tab)



Kelib tushgan videoroliklar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:


- mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi – 20 ball;

- videorolikda sohaga oid eng so‘ngi qonunchilik (so‘ngi 5 yil 

2018-2022 yillar)ning yoritilishi – 20 ball

- videorolikdagi mantiqiylik, ishtirokchining dunyoqarashi, fikrlash doirasi va e’tiborni jalb qila olish xususiyati – 20 ball;

- videorolik mazmuni, uning yuqoridagi mavzular bo‘yicha qamrovi, unga bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni kreativ nuqtai nazardan aks ettirish darajasi – 20 ball;

- videorlikning o‘ziga hosligi, boshqa videorolikdan ajralib turishi - 20 ball.


Videoroliklar quyidagi maqsad va vazifalarni o'z ichiga olishi kerak:


- aholi va yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning salbiy oqibatlari haqidagi tushunchalarini yanada mustahkamlash, sog‘lom turmush tarziga qattiy rioya qilishlarini taʼminlash;

- aholi va yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda qonunga itoatkorlik hissini kamol toptirish; 

- ijodkor yoshlarni izlab topish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;

- yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash;

- aholi va yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar 

va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar ta’siriga tushib qolishiga barham berishga erishish.


Tanlovning g‘oliblari tashkilotchilar va homiylar mablag‘lari asosida tegishli tartibda rag‘batlantiriladi hamda e’tirof etilgan videoroliklar respublika va mahalliy telekanallar orqali belgilangan grafiklar asosida efirga uzatib boriladi.


Tanlov uchun ijodiy ishlaringizni telegramdagi @giyohvandlikkaqarshimizbot👈 ga yuborishingiz mumkin.


Ijodiy ishlar 21-iyundan 29-iyun kunduzgi 12:00 gacha qabul qilinadi!


Videorolikni tayyorlashda mutaxassislar va ijodkorlar yordamidan foydalanish mumkin. Rolikni yaratishda boshqa roliklardan ko‘chirib olib foydalanish ta’qiqlanadi.


Shu mavzuga oid yangiliklar