Imkoniyatlar

«Besh tashabbus olimpiadasi»ning ikkinchi mavsumi doirasida o‘tkaziladigan tanlov va musobaqalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani yuzasidan ma'lumot


23-Avgust, 2022-yil 19:38 430

Mahalladagi yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yoshlarni madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik,

Ay-Ti yo‘nalishlari bo‘yicha iqtidorlarini kashf etish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning aprel-iyun oylari davomida ilk marotaba besh bosqichda

mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika darajasida «Besh tashabbus olimpiadasi»ning birinchi mavsumi o‘tkazildi.



Birinchi mavsumi doirasida bir qator muhim yo‘nalishlarini o‘zida qamrab olgan 14 dan ortiq tanlov va musobaqalarda 6,2 mlndan ortiq yoshlar ishtirok etib, 540 nafardan ortiq yoshlar tanlov va musobaqalarning respublika bosqichi g‘olib bo‘ldi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 30 iyun «Yoshlar kuni» munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuvda belgilangan vazifalar yuzasidan 54-sonli yig‘ilish bayoni bilan «Besh tashabbus olimpiadasi» har yili 2 mavsumda tashkil etish topshirig‘i berilgan.


Yoshlar bevosita mazkur olimpiada doirasida madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha 14 dan ortiq tanlov va musobaqalarda ishtirok etishlari mumkin.


«Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida:


-madaniyat va sanʼatni targ‘ib qilishga qaratilgan «Yoshlar raqs festivali», «Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi» respublika tanlovlari,

-sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirishga qaratilgan voleybol, yengil atletika, stritbol, shaxmat, shashka, stol tennisi, vorkaut, kurash bo‘yicha respublika sport musobaqalari,

-kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan “Kibersport” musobaqasi kiber futbol, jamoaviy va yakka strategik o‘yin turlari bo‘yicha respublika musobaqasi,

-maʼnaviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan anʼanaviy «Yosh kitobxon», «Quvnoqlar va zukkolar» respublika tanlovlari,

- yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yini kabi tanlovlar mahalladan boshlab tashkil etilishi rejalashtirilgan.

shuni alohida qayd etish lozimki Olimpiadaning ikkinchi mavsimiga yoshlarning bevosita taklif va tashabbuslari asosida milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam qilgan sportning kurash turi bo‘yicha musobaqasi, shuningdek «Yoshlar raqs festivali», «Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi» respublika tanlovlari ham kiritildi.


Mazkur tanlov va musobaqalarda ishtirok etish bosqichlari, shartlari yuzasidan yoshlarga to‘liqroq maʼlumotlar berish maqsadida Yoshlar ishlari agentligining YouTube platformasi orqali videoqo‘llanmalar joylashtirilib, keng yoritilmoqda, shuningdek bugungi kunga qadar 1 mlndan ziyod yoshlar Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi.


«Besh tashabbus olimpiadasi»ning ikkinchi mavsumi doirasidagi tanlov va musobaqalarga arizalar joriy yilning 10 avgustdan – 9 sentyabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan.




Shu mavzuga oid yangiliklar