Matbuot xizmati

«O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» loyihasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi


20-Dekabr, 2021-yil 1:45 1089

«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida 18-19-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» loyihasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Finalda TOP-100 talikka kirgan g‘oliblar Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki Coworking imkoniyatlaridan 3 oy bepul foydalanish uchun vaucher, IT-park tomonidan maxsus akseleratsiya dasturiga sertifikat hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev tomonidan 10 000 000 so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.


Bundan tashqari, final doirasida ishtirok etgan, ammo TOP-100 talikka kira olmagan 145 nafar ishtirokchilarning har biri 3 000 000 so‘mdan pul mukofoti, «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» loyihasining maxsus diplomi va IT-park tomonidan maxsus akseleratsiya dasturiga sertifikat bilan mukofotlanishdi.


Shu mavzuga oid yangiliklar