Matbuot xizmati

“Besh tashabbus” olimpiadasi yakunlari


2-Iyul, 2022-yil 15:46 537

“Besh tashabbus” olimpiadasi yakunlari


Mamlakatimizda ilk bora Yoshlar ishlari agentligi va hamkor vazirlik va idoralar tomonidan o‘tkazilgan “Besh tashabbus” olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqalar yakuniy natijalarini sarhisob qilamiz.


Umumjamoa hisobida 9 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza, jami 20 ta medal jamg‘argan Toshkent shahri yoshlari birinchi o‘rinni egalladilar. Ikkinchi va uchinchi o‘rin mos ravishda Samarqand va Toshkent viloyati yoshlariga nasib qildi. Samarqandlik yoshlar 8 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza jami 17 ta medalga munosib ko‘rildilar. Toshkent viloyati vakillari 6 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronzani jami 15 ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdilar. 


Taʼkidlash lozim, barcha hududlar jamoalari o‘z hisobiga oltin, kumush va bronza medalni yozib qo‘ydilar.


Yoshlar ishlari agentligi barcha g‘olib va ishtirokchilarni qutlaydi va keyingi faoliyatlarida omad va zafarlar tilaydi. Navbatdagi “Besh tashabbus” olimpiadasida ko‘rishguncha.


Shu mavzuga oid yangiliklar