Imkoniyatlar

“Besh tashabbus olimpiadasi” ning ikkinchi mavsumi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi


9-Sentabr, 2022-yil 21:09 206

Barchamizga maʼlum, joriy yilda bevosita Prezidentimiz rahbarligida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, iqtidor va istyedodlarini yuzaga chiqarish ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bir qator muhim loyihalar amalga oshirildi.


Jumladan joriy yilning aprel-iyun oylari davomida Besh bosqichli Besh tashabbus olimpiadasining birinchi mavsumi doirasida madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik, Ay-Ti kabi bir qator muhim yo‘nalishlarini o‘zida qamrab olgan 14 dan ortiq tanlov va musobaqalari tashkil etilib, 6,2 mln. nafar yoshlar qamrab olindi.


Ko‘plab yoshlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda joriy yilning 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan mazkur olimpiadani bir yilda ikki marotaba tashkil etilishi belgilandi.


Belgilangan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Olimpiadaning ikkinchi mavsumi doirasida madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik, Ay-Ti kabi bir qator muhim yo‘nalishlarini o‘zida qamrab olgan 14 ta tanlov va musobaqalar o‘tkazilishi belgilandi.


Olimpiadaning ikkinchi mavsumi doirasida madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik, Ay-Ti kabi bir qator muhim yo‘nalishlarini o‘zida qamrab olgan 14 dan ortiq tanlov va musobaqalarga 7,5 mln. dan ortiq yoshlarni qamrab olish rejalashtirilgan.


Olimpiadaning ikkinchi mavsumida Milliy va Zamonaviy cholg‘u ijrochiligi, «Raqs fest» tanlovlari, Kurash kabi yangi loyihalar kiritilgan


«Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida:


-madaniyat va sanʼatni targ‘ib qilishga qaratilgan «Yoshlar raqs festivali», «Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi» respublika tanlovlari,


-sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirishga qaratilgan voleybol, yengil atletika, stritbol, shaxmat, shashka, stol tennisi, vorkaut, kurash bo‘yicha respublika sport musobaqalari,


-kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan “Kibersport” musobaqasi kiber futbol, jamoaviy va yakka strategik o‘yin turlari bo‘yicha respublika musobaqasi,


-maʼnaviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan anʼanaviy «Yosh kitobxon», «Quvnoqlar va zukkolar» respublika tanlovlari,


- yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yini kabi tanlovlar mahalladan boshlab tashkil etilishi rejalashtirilgan.


shuni alohida qayd etish lozimki Olimpiadaning ikkinchi mavsimiga yoshlarning bevosita taklif va tashabbuslari asosida milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam qilgan sportning kurash turi bo‘yicha musobaqasi, shuningdek «Yoshlar raqs festivali», «Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi» respublika tanlovlari ham kiritildi.


2022-yilning 10-avgustidan boshlab Besh bosqichli besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishga start berilib, bugungi kunga qadar 3,5 mln nafardan ortiq yoshlar hamda jamoalar beshtashabbus_bot orqali ro‘yxatdan o‘tdi.


Shu mavzuga oid yangiliklar