“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2023-yilgi ikkinchi mavsumi doirasida oʻtkaziladigan tanlov va musobaqalar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Oʻtkazish vaqti: 2023-yil 7-sentabr kuni
Oʻtkazish joyi: “Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi”da
Ishtirokchilar: Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi, “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti, O‘zbekiston Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi nodavlat notijorat tashkiloti, mahallalarda va maktablarda “Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalarini tashkil etish va o‘tkazishga mas’ullar, ishtirokchilar hamda OAV vakillari.
“Yoshlarning boʻsh vaqti – yetakchining ish vaqti” tamoyili asosida mahalladagi yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va yoshlarni madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, intellektuala o’yin yoʻnalishlari boʻyicha iqtidorlarini kashf etish hamda qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2023-yil ikkinchi mavsum doirasida mahalla yoshlari uchun 6 ta loyiha besh bosqichda mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika hamda maktab o‘quvchilari o‘rtasida ilk bor “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 9 ta loyiha uch bosqichda maktab-tuman-hududiy bosqichlarda oʻtkazildi.
O‘tgan 2022 yil ikki mavsum va 2023 yil birinchi mavsumi doirasida bir qator muhim yoʻnalishlarini oʻzida qamrab olgan 20 dan ortiq tanlov va musobaqalarda 11,4 mlndan ortiq yoshlar ishtirok etib, ming nafardan ortiq yoshlar tanlov va musobaqalarning respublika bosqichi gʻolibi boʻldi.
Ananaviy tarzda tashkil etilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2023 yil ikkinchi mavsumida ishtirok etish uchun bugungi kun holatiga jami 5 mln 555 ming 239 nafar o‘g‘il qizlar 5tashbbus.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tdilar.
Shundan, mahalla yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan loyihalarda istirok etish istagini bildirgan yoshlar 4 mln 377 ming 245 nafar, maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi loyihalarda qiziqish bildirib elektron ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchi-yoshlar soni 1 mln 117 ming 994 nafarni tashkil etmoqda.
Olimpiadaning ushbu mavsumi joriy yil sentabr-dekabr oylarida tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib yoshlar bevosita mazkur olimpiada doirasida sanʼat- madaniyat, sport, kitobxonlik va intellektual o‘yin va tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin.
“Besh tashabbus olimpiadasi” ikkinchi mavsumi doirasida mahalla yoshlari uchun sanʼat-madaniyatni targʻib qilishga qaratilgan “Milliy va zamonaviy cholgʻu ijrochiligi” respublika tanlovi, sogʻlom turmush tarzi va sportni ommalashtirishga qaratilgan voleybol, kurash, gimnastrada boʻyicha respublika sport musobaqalari, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish uchun “Yosh kitobxon” tanlovi, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, maktab o‘quvchilari uchun o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sogʻlom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sportning mini futbol, voleybol, shaxmat, shashka, stol tennis, yengil atletika, quvnoq startlar turlari bo‘yicha musobaqalar o‘kazish, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etish hamda yoshlarda sahna madaniyatini shakllantirish va iste’dodini yuzaga chiqarish uchun “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi o‘tkazish rejalashtirilgan.
Maʻlumot uchun: “Besh tashabbus olimpiadasi”ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha va to‘ldiruvchi savollarga (97) 699-00-01 yoshlar ishlari agentligi besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘I Sh.Olimovdan javob olishingiz mumkin.