Imkoniyatlar

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi doirasida o‘tkaziladigan tanlov va musobaqalarning Respublika bosqichlarini tashkil etish yuzasidan brifing


23-Noyabr, 2022-yil 18:56 348

Besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi doirasida o‘tkaziladigan tanlov va musobaqalarning Respublika bosqichlarini tashkil etish yuzasidan

MA’LUMOT


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda berilgan topshiriqlarga muvofiq «Besh tashabbus olimpiadasini» bir yilda ikki marotaba tashkil etish belgilangan.


Vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning sentyabr oyi davomida olimpiadaning ikkinchi mavsumiga start berilib 9 370 ta mahallada 14 ta loyiha va tadbirlarning mahalla bosqichlari tashkil etildi. Tadbir va loyihalar doirasida jami 7,2 mln nafar yosh qamrab olindi.


Mahalla bosqichi g‘oliblari 3-21 oktabr kunlari olimpiadaning ikkinchi ya’ni sektor bosqichida kuch sinashdilar. Bu musobaqalarda qariyb 1 mln 747 ming 400 nafar yosh ishtirok etgan.


Joriy yilning 20 oktabr - 4 noyabr kunlari Respublikamizning 208ta tuman va shaharlarida 158 ming 124 nafar yosh ishtirokida olimpiada doirasidagi loyiha va musobaqalarning uchinchi bosqichi o‘tkazildi. 


22 mingdan ziyod yosh ishtirok etayotgan olimpiadaning hududiy bosqichlari 25 noyabr kuni o‘z yakuniga yetadi.

Olimpiadaning Respublika bosqichi 24 noyabr – 25 dekabr kunlari quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:


Stol tennisi musobaqasining final bosqichi 24-27 noyabr Namangan viloyatida;

Shaxmat v Shashka musobaqasining final bosqichi 27-30 noyabr Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida;

Voleybol musobaqasining final bosqichi 27 noyabr - 1 dekabr Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida;

Yengil atletika musobaqasining yakuniy final bosqichi 30 noyabr - 3 dekabr Samarkand viloyatida;

Stritbol musobaqasining final bosqichi 1-5 dekabr Xorazm viloyati va Toshkent shahrida;

Stritvorkaut musobaqasining final bosqichi 2-5 dekabr kunlari Andijon viloyatida;

Kurash musobaqasining final bosqichi 4-8 dekabr kunlari Toshkent shahrida;

Kibersport musobaqasi 11-14 dekabr kunlari Buxoro viloyatida;

Yoshlar raqs tanlovi-festivali 19-22 dekabr Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tadi.


Poytaxtimiz Toshkent shahri 12-15 dekabr kunlari Milliy va zamoanaviy cholg‘u ijrochiligi tanlovi yakuniy bosqichi, 17-20 dekabrda Quvnoqlar va Zukkolar tanlovining final bosqichi, 16 dekabr kuni “Zakovat” intellektual o‘yini va 15-25 dekabr kunlari “Yosh kitobxon” tanlovi final bosqichiga mezbonlik qiladi.