Matbuot xizmati

“Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovi g‘oliblari aniqlandi


28-Iyun, 2022-yil 17:53 503

🔥 Kuni kecha poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ko’tarinki ruhda tashkil etildi.


Tanlov shartlari haqida qisqacha ma'lumot

📚 Tanlovda 3 ta yosh toifasi doirasida 6 yoshgacha, 7-11yosh, 12-18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun yaratilgan kitob mualliflari ishtirok etib, quyidagi asosiy nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi:

 

• “Eng yaxshi adabiy-badiiy kitob” nominatsiyasi

• “Eng yaxshi ilmiy-ommabop kitob” nominatsiyasi


Undan tashqari, tanlovda qo'shimcha nominatsiyalar mavjud:

• Eng yaxshi tarjima

• Eng yaxshi ijodiy ish

• Eng yaxshi mualliflik ishi


Sovrindorlarga:

🥇100 million so‘m

🥈 75 million so‘m  

🥉 50 million so‘m

pul mukofoti beriladi.


Tadbir yakuni bo'yicha qisqacha ma'lumot


G'OLIBLAR


“Eng yaxshi badiiy kitob” nominatsiyasida:


6 yoshgacha toifasida:

3-o‘rin “Quyoshning sirli botishi” Dinara Muminova


7-11 yosh toifasida:

1-o‘rin “Mesh polvon jangga otlandi” Аnvar Obidjon

2-o‘rin “Jayxun va Alanga” Gulnoz Tojiboeva

3-o‘rin “Men ikkiga kirguncha” Charos Rahimqulova


12-18 yosh toifasida:

1-o‘rin “Sariq devni minib” Xudoyberdi Toʼxtaboev;

2-o‘rin “Galaktikada bir kun” Saʼdullo Quronov;

3-o‘rin “Buvamning oshqozonidagi mamlakat” Qobiljon Shermatov;


“Eng yaxshi ilmiy-ommabop kitob” nominatsiyasi


7-11 yosh toifasida:

2-o‘rin “Qoraqalpoq tilida bolalar uchun entsiklopediyalar jamlanmasi” Аbadan Turdimuratova;

3-o‘rin “Start English” Mohlaroy Аhmedova;


12-18 yosh toifasida:

2-o‘rin “Yoshlar uchun yuridik entsiklopediya” Sherzod Baxronov, Orif Tolib

3-o‘rin “Mukammal dasturlagsh – HTML va CSS” Javlon Аbdullo; 


Qo‘shimcha nominatsiyalar (har biriga 20 mln. so‘mdan):


“Eng yaxshi ijodiy ish” (dizayn) nominatsiyasi:

1. “Nafs” / “Greed” To‘lqin Nurmuhammad;

2. “Svoy rebyonok” Yelena Makarova;


“Eng yaxshi tarjima” nominatsiyasi: 

1. “Uzunpaypoq Peppi” “Zabarjad media” nashriyoti;

2. “Аzizim po‘rtaxol” “Factor Books” nashriyoti;

3. “Mushuklar malikasi Minush” “Akademnashr” nashriyoti;


“Eng yaxshi malliflik ishi” nominatsiyasi: 

1. “Bolalarga kitob bering” Zulfiya Muminova;

2. “Sehrlangan Malika” Hidoyat Olimova;

3. “Qizil kitobdagi sayg‘oqcha” Raim Farxodiy;

4. “Dunyoni saqlar bolalar” Kavsar Turdieva;

5.“O‘tkan kunlar ibrati” Bahodir Karim;

6. “Farzandnoma” Obiddin Mahmudov;

7. “Naslednik volshebnitsi Аdolat” Lyudmila Polonskaya;

8. “Topqir bolalar” Xudoyberdi Komilov;

9. “Baxshi bola – yaxshi bola” Dilshod Rajab;


💐 Yoshlar ishlari agentligi g'oliblarni qutlaydi va kelajakdagi ishlariga omad tilab qoladi!


Shu mavzuga oid yangiliklar