Imkoniyatlar

“Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida” mavzusida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi


26-Iyul, 2022-yil 15:01 714

“Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida” mavzusida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi


Kecha, 25-iyul kuni “Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida” mavzusida respublika Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari va yoshlar oʻrtasida ochiq muloqot oʻtkazildi.


Unda Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari Mirafzal Mirakulov, Akbarshox Teshaboyev, Oliy Majlis palatalari huzuridagi Yoshlar parlamentlari raislari Shaxnoza Joldasova, Bekzod Toʻxtamurodov, Yoshlar parlamentlari aʼzolari va faol yoshlar ishtirok etdi.


Muloqot davomida Konstitutsiyamizni takomillashtirish jarayonida yoshlarning ishtirokini yanada kuchaytirish, yoshlarga oid davlat siyosati bilan bogʻliq asosli takliflarni shakllantirish va bu masalalarni Bosh Qomusimizda aks ettirish masalalari koʻrib chiqildi va Konstitutsiyaviy qonun loyihasi atroflicha muhokama qilindi.


Maʼlumot uchun, bugunga qadar Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida yurtdoshlarimiz tomonidan kelib tushgan takliflarning 60 foizdan ziyodi yoshlar tomonidan bildirilgan. Aholidan tushgan takliflar asosida Konstitutsiyaning yangilangan loyihasi xalq muhokamasiga qoʻyildi. Loyihada jami 128 ta moddaning 64 tasiga oʻzgartish kiritish va 6 ta yangi modda qoʻshish taklif etilmoqda.


Muhokamalarda Konstitutsiya loyihasida oʻzgarishlar asosan, inson huquqlari va erkinliklari, tadbirkorlik va xususiy mulk, intellektual mulk, axborot, ijtimoiy hayot, tibbiyot va ekologiya, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, yoshlar va sud-huquq sohalarida takliflar kelib tushganligi, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining shakllantirilishi, loyihaning mazmun-mohiyatidan yoshlarimizning xabardor boʻlishlari uchun keng koʻlamda huquqiy targʻibot ishlarini olib borish, yoshlarimizning oʻzlarining bunday siyosiy jarayonlarda faol boʻlishlariga undash borasidagi masalalar tushuntirildi.


Bahs-munozaralarga boy oʻtgan seminarda ishtirokchilar Konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi va Bosh Qomusimizga doir boʻlgan bilimlarini mustahkamlashdi.


Shu mavzuga oid yangiliklar