Matbuot xizmati

“Street workout” chempionati g‘oliblari mukofotlandi


25-Dekabr, 2021-yil 10:46 329

«O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021» doirasida kecha, 24-dekabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Street workout” sport turi bo‘yicha Respublika chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda har bir hududdan bir nafardan, jami 14 ta ishtirokchi qatnashib, o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazishdi.


Yakuniy natijaga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:

1-o’rin: Jaloliddinov Zufarbek (Andijon viloyati);

2-o’rin: Abdumo‘minov Nurali (Jizzax viloyati);

3-o’rin: Abdullayev Zafar (Toshkent viloyati).


Chempionat so‘nggida 1-o‘rin g‘olibiga 50 mln so‘m va ramziy kamar, 2-o‘rin sovrindoriga 40 mln so‘m, 3-o‘rin egasiga 30 mln so‘m, qolgan ishtirokchilarning har biriga 10 mln so‘mdan pul mukofoti topshirildi.


Shu mavzuga oid yangiliklar