Imkoniyatlar

“Yoshlar jinoyatchiligini oldini olishda Farg‘ona viloyati tajribasi” haftaligi o‘tkazildi


20-Sentabr, 2022-yil 10:10 110

“Yoshlar jinoyatchiligini oldini olishda Farg‘ona viloyati tajribasi” haftaligi o‘tkazildi


Haftalik doirasida o'tkazilgan seriyali tadbirlarga “Yoshlar jinoyatchiligini oldini olishda Farg‘ona viloyati tajribasi:muammo va yechimlar” ilmiy-amaliy konferensiyasi yakun yasadi.


9-16-sentabr kunlari mobaynida mahalladagi “Qalqon” guruhi a'zolari bilan reydlar o'tkazilib, profilaktik ro‘yxatda turuvchi, tarbiyasi og‘ir yoshlar uchun “Psixolog va yoshlar” sayyor qabuli tashkil etildi.  


Ilmiy-amaliy konferensiyada Yoshlar ishlari agentligi mas'ullari, Oliy Majlis huzuridagi Senat va Qonunchilik palatasi qoshidagi Yoshlar parlamenti raislari va qator soha mutaxassislari “Yoshlar jinoyatchiligini oldini olish” mavzusiga doir ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.


Konferensiyadan so‘ng mahalla yetakchilari, profilaktika inspektorlari hamda “Qalqon” guruhi yoshlari uchun o‘quv tashkil etildi.


Shu mavzuga oid yangiliklar