Matbuot xizmati

“Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan “Munozara” intellektual turnirining respublika final bosqichiga start berildi


18-Iyun, 2022-yil 21:31 239

Joriy yilning 18-19-iyun kunlari "Munozara" intellektual turnirining respublika bosqichi saralash o‘yinlari, 20-iyun kuni final bellashuvi o‘tkaziladi.


Ma'lumot uchun, turnir O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Xalq taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.


Shuningdek, bugungi kunga qadar turnirga 24 297 nafar yoshlar jalb etilib, turnirning respublika bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 48 nafar yoshlardan iborat 16 ta jamoa ishtirok etmoqda.


Yoshlar ishlari agentligi jamoasi Respublika bosqichida ishtirok etayotgan barcha ishtirokchilarga omad tilaydi!


Shu mavzuga oid yangiliklar