Imkoniyatlar

14-sentabr - O‘zbekiston Respublikasi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun!


14-Sentabr, 2022-yil 16:47 154

14-sentabr - O‘zbekiston Respublikasi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun!


Qonunga muvofiq, Yoshlar (yosh fuqarolar) — o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar hisoblanadi.


Yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi.


Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, yoshlarning huquqlari va erkinliklarini biror bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bunday cheklash qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Yoshlarimiz uchun bugungi kunda barcha shart-sharoitlarni yaratishga Davlat darajasida ahamiyat qaratilgan va buning natijasida kelajagimiz egalari dunyoda eng kuchli ekanliklarini ko‘rsatishlariga ishonamiz!


Shu mavzuga oid yangiliklar