Matbuot xizmati

Birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


30-Iyul, 2022-yil 17:05 324

Birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Ma’lum qilganimizdek, bugun 30 iyul kuni Yoshlar ishlari agentligi Hay’atining “2022 yil birinchi yarim yillikda yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda bu borada kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Yoshlar ijod saroyida o‘tkazilgan yig‘ilishda Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati, markaziy apparat boshqarma va bo‘lim boshliqlari, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti rahbariyati hamda mas’ul xodimlari, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi rahbariyati, markaziy apparat boshqarma va bo‘lim boshliqlari, “Yoshlar - kelajagimiz” jamg‘armasi rahbariyati va mas’ul xodimlari markaziy studiya orqali bevosita ishtirok etdi.


Qayd etish lozim, Hay’at yig‘ilishida Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari barcha rahbar va mas’ul xodimlari, Yoshlar ittifoqining hududiy kengashlarining rahbarlari va mas’ul vakillari, “Yoshlar - kelajagimiz” jamg‘armasi bo‘linmalarining xodimlari, shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) bo‘limlari rahbar va mas’ul xodimlari, Yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashlari xodimlari, Mahalladagi yoshlar yetakchilari hududiy va tuman studiyalaridan qatnashdi.


Majlisni Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev kirish so‘z bilan boshlab berdi.

Shundan so‘ng kun tartibida belgilanganidek, Agentlik direktori o‘rinbosarlari, hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori faoliyat doirasidagi masalalar, birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.


Hisobotlar asosida joriy yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar, muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor chora-tadbirlar, xususan, barcha darajadagi rahbar va mas’ul xodimlarning muhim vazifalari belgilab olindi.

Yig‘ilishda 9 353 ta mahallada yoshlar yetakchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, yoshlarning muammolarini o‘rganish, hal etish va ularning hayotda o‘z o‘rnini topishiga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar qilingani haqida malumot berildi.


Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 203,5 ming ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlardan 166,4 ming nafari (82 foiz) qo‘llab-quvvatlanib, ushbu maqsadda “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan 264,3 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgani qayd etildi.

Jumladan, 25,5 ming ehtiyojmand talabalarning 76,6 mlrd so‘m kontrakt to‘lovi, 12 ming yoshlarga muddatli harbiy xizmat badali uchun 62,4 mlrd so‘m, 16,3 ming yoshlarga asbob-uskuna va mehnat qurollari xarid qilishi uchun 49,1 mlrd so‘m subsidiya, 8,8 ming yoshlarni haydovchilikka o‘qitish uchun 11,2 mlrd so‘m, sog‘lig‘ida muammosi bor 1,5 ming nafar yoshlarning davolanishi uchun 4,7 mlrd so‘m to‘lab berilgan.


Ushbu yordamlarning 30,6 mlrd so‘mi Yoshlar agentligi jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilgan.

Barcha mahallalarda kitobxonlik, madaniyat va san’at, intellektual o‘yinlar, axborot texnologiyalari hamda sport turlari bo‘yicha besh bosqichli Besh tashabbus olimpiadaci 6,2 mln nafar yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan.

Mahallalarda yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida birgina “Bo‘zatov yoshlar ovozi” tanlovida 238,4 ming nafar yoshlar ishtirok etdi. Bu ishtirokchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 80 barobarga oshgan.


Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish tizimi yanada takomillashtirilib, imtihon turlari soni 5 tadan 18 taga oshirildi hamda o‘tgan 6 oy davomida 3,5 ming nafar yoshlarga 6,1 mlrd so‘m qoplab berilgan.


Shu mavzuga oid yangiliklar