Imkoniyatlar

Buxoroda Besh tashabbus harakatini ommalashtirishga qaratilgan o‘quv seminari o‘tkazilmoqda


27-Iyul, 2022-yil 22:37 586

Buxoroda Besh tashabbus harakatini ommalashtirishga qaratilgan o‘quv seminari o‘tkazilmoqda


Bugun Buxoroda Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va Besh tashabbus harakatini ommalashtirish masalalari yuzasidan Respublika o‘quv seminari boshlandi. 


Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti hamkorligida tashkil etilayotgan o‘quvda Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan 14 nafar hududiy mutaxassislar, 208 ta tuman-shahar mas’ullari ishtirok etmoqda.


 Seminar orqali hududiy mutaxassislarni ikkinchi bor tashkil etiladigan Besh tashabbus olimpiadalariga munosib tayyorgarlik ko‘rishlariga yordam berish, shuningdek, ularning ko‘nikmalarini oshirish, o‘zaro tajriba almashishlarini ta’minlash maqsad qilingan.


O‘quv jarayonlarida ekspertlar tomonidan 

 “Shaxsiy psixologik rivojlanish”, “Boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish”, “Loyiha boshqaruvi usullari” kabi mavzularda master-klasslar, interaktiv darslar o‘tilmoqda. 


Ma’lumot uchun, o‘quv-seminar o‘z ishini 30-iyulga qadar davom ettiradi.


Shu mavzuga oid yangiliklar