Imkoniyatlar

G‘allaorol tumani G‘afur G‘ulom mahallasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumi mahalla bosqichi namunali tarzda tashkil etildi.


8-Sentabr, 2023-yil 18:14 483

Joriy yilning 8-sentyabr kuni G‘allaorol tumani G‘afur G‘ulom mahallasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumi mahalla bosqichi namunali tarzda tashkil etildi.


 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi” tanlovi, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Yosh kitobxon” tanlovi, milliy kurash va voleybol musobaqalari o‘tkazildi.


 Maʼlumot uchun: G‘afur G‘ulom mahallasida 2781 nafar (0-30 yosh) (1345 nafari qizlar) yoshlar istiqomat qiladi. Shundan 1243 nafari 14-30 yosh (604 nafari qizlar).


“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumida ishtirok etish uchun 936 nafar (75,3%) (507 nafari 54,2% qizlar) (“Milliy va zamonaviy cholg‘u ijrochiligi” (90 nafar), “Zakovat” (57 nafar), “Yosh kitobxon” (254 nafar), milliy kurash (266 nafar) va voleybol (75 nafar), gimnastrada (194 nafar) mahalla yoshlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan, 635 nafari (262 nafari 41% qizlar) (gimnastrada musobaqasidan tashqari) mahalla bosqichida ishtirok etdi.


Olimpiada natijalariga ko‘ra 50 nafar yoshlar (21 nafari qizlar) sektor bosqichiga yo‘llanma oldi.


Shuningdek, 194 nafar qizlar gimnastrada musobaqasining sektor bosqichida ishtirok etadi.


Shu mavzuga oid yangiliklar