Imkoniyatlar

Har biri 200 mln so‘mlik ijtimoiy buyurtmalar tanlovi e'lon qilinadi!


23-Avgust, 2022-yil 18:21 791

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi 2022-yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida muhim

ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish bo‘yicha qayta tanlov e’loni!

 

Ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:

- ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur;

- davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiradigan faoliyatning ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga mos kelishi;

- ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kadrlar va texnik imkoniyatning mavjudligi;

- ijrochi-tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;

- loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va o‘z vaqtida bajarish,

uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni, ochiqlik

va oshkoralikni ta’minlash, amaldagi qonun hujjatalariga to‘liq rioya etish.

 

Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilishi uchun quyidagi hujjatlar taqdim

etilishi zarur:

Ariza taqdim etayotgan NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

www.fondngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi uchun ariza;

Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;

Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.

Hujjatlar 2022-yilning 31-avgust kuniga qadar qabul qilinadi. Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va natijalari e’lon qilinadi.

Hujjatlar «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi» nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 format) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondinin www.fondngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

Ustuvor yo‘nalish: Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida 

nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari

bilan samarali hamkorlik qilish.


         

1.Maqsad: Yoshlarning intellektual-ijodiy va ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash.(200 mln. so‘m)


Vazifalar:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT 

 Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zlagan nutqida keltirilgan taklif va tavsiyalarning mazmun-mohiyati haqida 

 2 ta videorolik tayyorlash va efirga uzatishni ta’minlash;


- xorijda mehnat qilayotgan va ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar uchun O‘zbekistonda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida 3 ta videorolik tayyorlash.


- yoshlar orasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ilmiy va ijodiy ishlanmalari tanlovini o‘tkazish, eng yaxshi 10 ta ishlanmani amaliyotga tadbiq etish;


- tayyorlangan videorliklar va qo‘llanmalarga tegishli davlat organlari hamda ilmiy markazlardan tegishli xulosalar olish; 


- yoshlarning ilmiy-amaliy ishlarni keng targ‘ib etish;


2.Maqsad: Yoshlarning innovatsion g‘oya va loyihalari, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni rag‘batlantirish.(200 mln. so‘m)


Vazifalar: 

- Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida 

30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ijtimoiy innovatsion g‘oya va loyihalar tanlovini o‘tkazish; 

- 15 nafar yoshning o‘z startaplarini boshlab olishlari uchun boshlang‘ich 10 mln. so‘mdan mablag‘ ajratish orqali 

qo‘llab-quvvatlash;

- o‘z startaplarini yo‘lga qo‘yishda boshlang‘ich mablag‘ni ajratish orqali o‘z g‘oyalarini amalga oshirishga sharoit yaratish.



Shu mavzuga oid yangiliklar