Yoshlar oyligi doirasida 18-20-iyun kunlari Jizzax viloyatida shashka boʼyicha ommaviy musobaqalarning Respublika final bosqichi oʼtkazildi.
Qizlar o’rtasidagi musobaqa g'oliblari bilan tanishing:
• Shukrullayeva Nafosat, Jizzax viloyati, Baxmal tumani, Bunyodkor MFY (16-21 yosh toifasi);
• Rofieva Farangiz, Samarqand viloyati, Urgut tumani, Аndak MFY (22-26 yosh toifasi);
• Saidova Moʼtabar, Sirdaryo viloyati, Sayxonobod tumani, Yangi xayot MFY (27-30 yosh toifasi);
Yigitlar o'rtasidagi musobaqa g'oliblari bilan tanishing:
• Sodirjonov Shoxrux, Namangan viloyati, Pop tumani, Sanʼatkor MFY (16-21 yosh toifasi);
• Аxmedov Otabek, Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Istiqbol MFY (22-26 yosh toifasi);
• Bozorov Oybek, Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Ishonch MFY (27-30 yosh toifasi);
Ma'lumot uchun, musobaqaga respublikamizning barcha hududlaridan 80 dan ziyod havaskor shashkachilar ishtirok etdilar.
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi barcha g'oliblarni tabriklaydi va kelgusi faoliyatlarida omad tilab qoladi!