Najmiddin Bilol Erdog'an Xorazmlik yoshlar bilan uchrashdi
Xabar berganimizdek, Xorazmda xalqaro etnosport festivali bo’lib o’tmoqda. Festival doirasida, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdog'an, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Turkiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar, Islom hamkorlik tashkiloti yoshlar forumi prezidenti Taha Ayhan, O'zbekiston etnosport assotsiatsiyasi raisi Oybek Norinboev xorazmlik yoshlar va Xiva shahrida mehmon bo'lib turgan yosh sportchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida O'zbekiston va Turkiya do'stligi hamda “Ichan qal'a”da bo'lib o'tayotgan Xalqaro etnosport festivali manzaralari aks etgan videorolik namoyish etildi.
Uchrashuv avvalida O'zbekiston va Turkiya do'stligi hamda “Ichan qal'a”da bo'lib o'tayotgan Xalqaro etnosport festivali manzaralari aks etgan videorolik namoyish etildi.
O'zbekiston va Turkiya do'stligi keyingi yillarda yangi – ko'tarinki bosqichda davom etmoqda. Bu jihatlar barcha jabhalarda, xususan ilm-fan, madaniyat va san'at, turizm, sport, yoshlar muloqotida ham ko'zga tashlanadi.
Najmiddin Bilol erdog'an dastlab yoshligi haqida gapirib berdi. Xususan, dunyoning ilg'or universitetlarida tahsil olgani, bugungi kunda yoshlarga bog'chadan to universitetigacha bo'lgan uzluksiz ta'lim berish borasida yo'lga qo'ygan ishlari haqida so'zladi.
Shundan so'ng uchrashuv savol-javob shaklidagi muloqot bilan davom etdi. Yoshlar ta'limi, tarixiy do'stligimizni yanada mustahkamlash, yangilanayotgan dunyoda turkiy makon rivojiga hissa qo'shish, marrani yuksak olish hikmati haqida fikrlar bildirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan etnofestival dunyo xalqlarini birlashtirish, o'z navbatida, mamlakatda turizm rivojiga ham xizmat qiladi. Sizning chet tillarini bilishingiz esa, shahringizga keladigan mehmonlarga qulaylik yaratishda juda muhimdir, – dedi Bilol erdog'an yoshlarga qarata.