Loyiha doirasida soha mutaxassislari tomonidan yer olish tartibi va biznes reja tuzish, agrobiznesda strategik menejment hamda zamonaviy dehqonchilikda marketing va brending mavzularida intensiv seminarlar tashkil qilindi.
Seminarlarda Tomdi, Uchquduq, Zarafshon, Navbahor, Konimex, Nurota va Qiziltepa tumanlaridan jami 650 nafar yoshlar yetakchilari hamda dehqonchilikka qiziquvchi yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.
Shuningdek, uchrashuvlarda yosh fermerlarning muammolari va ularning savollari agrobiznes ekspertlari tomonidan qizg'in muhokama qilindi.