“Men donorman” qon topshirish xayriya aksiyasi shu yilning 5-10-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat qon quyish markazlarida, shuningdek, tibbiyot muassasalari hamda Respublika qon quyish markazida o‘tkaziladi.
Xayriya qon topshirish aksiyasida 18 yoshdan oshgan hamda 60 yoshgacha bo‘lgan, sariq kasalga chalinmagan, “D” ro‘yxatda turmaydigan sog‘lom fuqarolar donor sifatida ishtirok etishadi.
Aksiyada quyidagi toifa vakillari bevosita ishtirok etishlari mumkin:
Harbiy xizmatchilar, Talaba yoshlar, Davlat xizmatchilari va ko‘ngilli yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari.
O‘tkazilish manzili haqida ma'lumot olish va mas'ullarga murojaat qilish uchun viloyatingizni tanlang: