Imkoniyatlar

Onlayn olimpiadalar gʻoliblari aniqlandi.


17-Noyabr, 2022-yil 20:03 206

ONLAYN OLIMPIADALAR GʻOLIBLARINI TANTANALI TAQDIRLASH MAROSIMI O‘TKAZILDI 


O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan joriy yilda bir qancha onlayn olimpiadalar tashkil etildi. Xususan:

“Bilim uchun 100 million” loyihasi ikki bosqichda: onlayn va oflayn shaklda o‘tkazildi. Aprel-noyabr oylarida o‘tkazilgan onlayn bosqichda 246 991 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Onlayn bosqich @bilimtestbot telegram botida o‘tkazildi. Unda har haftada yangi savollar taqdim etildi. Haftalik savollar soni 1 nafar ishtirokchi uchun 40 tani tashkil etdi. Savollar malakali ekspertlar tomonidan shakllantirilgan. Eng yuqori ball to‘plagan 100 nafar ishtirokchi Toshkent shahriga, olimpiadaning ikkinchi bosqichiga taklif etildi. Olimpiadaning ikkinchi bosqichida @bilimtestbot da eng yuqori ball to‘plagan 100 nafar ishtirokchi o‘rtasida oflayn shaklda final olimpiadasi o‘tkazildi. Final ishtirokchilaridan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchi 100 mln so‘m, qolgan 99 nafar final ishtirokchilari esa 1 mln so‘mdan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

“Bilimdon talaba” olimpiadasi 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan 12-13-noyabr kunlari onlayn shaklda o‘tkazildi. Unda 129 771 nafar talaba ishtirok etdi. Talabalar @uzaqlbot Telegram kanalida mantiqiy va matematik savollardan iborat testlarni ishladi. Bunda eng yuqori o‘rinni qo‘lga kiritgan 50 nafar talabaning har biri 1 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

“Yosh kitobxon” onlayn olimpiadasi yurtimizdagi barcha kitobxon yoshlari qamrab olib, ularni qo‘llab-quvvatlash va muntazam ravishda rag‘batlantirib borish maqsadida o‘tkazilmoqda. Bugungacha onlayn olimpiadada 32 123 nafar yoshlar ishtirok etdi. Olimpiada @kitobxontestbot Telegram botida o‘tkazilmoqda. Unda eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 10 nafar yoshlar noutbuk va planshet bilan taqdirlandi.


Shu mavzuga oid yangiliklar