Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz o‘g‘il-qizlarini Yoshlar kuni bilan tabriklab, nutq so‘zladi.
Davlatimiz rahbari bayramga yangi choralar bilan kelganini taʼkidlab, yoshlar uchun yaratilajak qo‘shimcha imkoniyatlarni eʼlon qildi.
Bir guruh yoshlarga «Kelajak bunyodkori» medali hamda «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti tantanali topshirildi.
Tadbir “Yoshlar ovozi” tanlovi g‘oliblari hamda taniqli estrada xonandalari ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi.