Imkoniyatlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri yoshlar bilan ishlash namunasi


14-Sentabr, 2022-yil 13:52 212

Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan “Nukus shahar tajribasi” yaratilib Yoshlar yetakchilari bilan birgalikda 64 ta mahallalarda uyma-uy xatlov ishlari amalga oshirilib, 14-30 yoshdagi 74 683 nafar yoshlarning balansi to‘liq shakllantirildi (1-sektorda 18 020 nafar, 2-sektorda 19 842 nafar, 3-sektorda 15 210 nafar, 4-sektorda 21 611 nafar).


Yoshlar balansi asosida aniqlangan har o‘n beshinchi ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 4 820 nafar (6,5 foiz) fuqarolar 19 ta ko‘mak turi bo‘yicha “Yoshlar daftari” elektron platformasiga kiritildi


Nukus shahrida “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga amaliy yordamlar ko‘rsatish ishlari boshlanib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish choralari ko‘rilmoqda.


Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari hisobidan 311 nafar yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmati badali,176 nafarining haydovchilarni tayyorlash o‘quv kursi xarajatlari uchun 2.2 mlrd so‘m to‘lab berildi


Shu mavzuga oid yangiliklar