Imkoniyatlar

Sirdaryoda agro transformatsiya loyihasi qanday o‘tdi?


21-Yanvar, 2023-yil 12:34 79

Sirdaryoda agro transformatsiya loyihasi qanday o‘tdi?


Loyiha doirasida soha mutaxassislari tomonidan yer olish tartibi va biznes reja tuzish, agrobiznesda strategik menejment hamda zamonaviy dehqonchilikda marketing va brending mavzularida intensiv seminarlar tashkil qilindi.


3 kun davom etgan seminarlarda 460 nafar yoshlar yetakchilari hamda dehqonchilikka qiziquvchi yoshlar faol ishtirok etishdi.


Shuningdek, uchrashuvlarda yosh fermerlarning muammolari va ularning savollari agrobiznes ekspertlari tomonidan qizg'in muhokama qilindi.


"AgroTransformatsiya" loyihasi tez orada navbatdagi viloyatga yoʻl oladi. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting!


Shu mavzuga oid yangiliklar