Imkoniyatlar

Tenderga qadar narxlarni aniqlash uchun tijoriy takliflar qabul qilinadi


22-Sentabr, 2022-yil 20:26 127

Tenderga qadar narxlarni aniqlash uchun tijoriy takliflar qabul qilinadi


Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Yetakchining ish faoliyatini to‘liq raqamlashtiruvchi elektron reyting tizimi (KPI) yaratish maqsadida ochiq tanlov - tender o'tkazish belgilangan. Ushbu elektron axborot tizimini yaratishning bozordagi narxini aniqlash uchun O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan dasturchi tashkilotlardan tijoriy takliflar olish zaruriyati tug‘ilmoqda.


Shu munosabat bilan, IT tashkilotlar tijoriy takliflarini quyidagi texnik talablardan kelib chiqqan holda it@yoshlar.gov.uz elektron manzili orqali joriy yilning 28-sentabr kuniga qadar yuborishlari mumkin. Barcha takliflar va narxlar o'rganilgach, Yetakchining ish faoliyatini to‘liq raqamlashtiruvchi elektron reyting tizimini (KPI) yaratish bilan bog‘liq tender (tanlov) uchun o‘rnatilgan tartibda eʼlon beriladi.


Eslatib o'tamiz, Yetakchining ish faoliyatini to‘liq raqamlashtiruvchi elektron reyting tizimi (KPI) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qaroriga muvofiq yaratilmoqda.


Texnik hujjat bilan tanishing → https://drive.google.com/file/d/1gj6Q-joTvkpV831ENGZegt5kF5O3ImwD/view?usp=sharing


Shu mavzuga oid yangiliklar