Imkoniyatlar

UNESCOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv oʻtkazildi


23-Sentabr, 2022-yil 17:17 150

UNESCOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv oʻtkazildi

 

Bugun, 23-sentabr kuni Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev UNESCOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi xonim bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muzokaralarda yoshlarga oid davlat siyosatining xalqaro reytinglardagi mavqeyini oshirish masalalari hamda kelgusidagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.


Uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va keng koʻlamli ishlar hamda natijalar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Xususan, “Yoshlar daftari”, “Yoshlar portali”, bugungi kunda mahallalardagi yoshlar bilan ishlashning yangi tizimi toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etildi.


UNESCOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi Oʻzbekistonda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va tizimli ishlarni koʻrib, bundan xursand ekanligi, ushbu sohada Yoshlar ishlari agentligi bilan yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini taʼkidladi.


Bundan tashqari, Oʻzbekistonning yoshlarga oid davlat siyosatining xalqaro reytinglarda mavqeyini oshirish boʻyicha UNESCO shtab-kvartirasi rahbariyati bilan muzokaralar olib borishini alohida taʼkidladi.


Shularni inobatga olgan holda, Yoshlar ishlari agentligi xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish va kerakli maʼlumotlarni toʻplash, shuningdek, Xalqaro hamjamiyat eʼtiborida ham Yoshlar siyosatini yangi bosqichga koʻtarish masalalariga katta eʼtibor qaratmoqda.


Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar ijodkor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga har tomonlama koʻmaklashish maqsadida Ijodiy sanoat (Creative Industry) yoʻnalishini yurtimiz yoshlari oʻrtasida ommalashtirish, bu borada yoshlar loyihalari, olimpiadalar, tanlovlar, musobaqalar tashkil etishda hamkorlik qilish boʻyicha kelishib olindi.


Uchrashuv soʻngida UNESCO vakili xalqaro indekslar reytingida Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilashga qaratilgan hamkorlik har ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligi va bu hamkorlikni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.


Shu mavzuga oid yangiliklar