Xorazm viloyatida xalqaro etnosport festivaliga start berildi
Bugun Xiva shahrida Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Etnosport assotsiatsiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan Xalqaro etnosport festivaliga start berildi.
Festivalda 63 davlatdan 1800 dan ortiq sportchilar ishtirok etishmoqda.
Festival doirasida:
- belbog‘li kurash bo‘yicha xalqaro turnir;
- o‘zbek jang sanʼati, mass resling, bahodirlar o‘yini va tosh ko‘tarish bo‘yicha jahon chempionatlari;
- kamondan otish bo‘yicha xalqaro ochiq turniri, milliy kurash, bel olish va uch kurash, turon yakkakurashi, kamondan otish, qushlar ovi va ot sporti turlari bo‘yicha ko‘rgazmalar;
- mohiroshpazlar ishtirokida osh pishirish musobaqasi;
- milliy ovqatlar va qovun sayli;
- Butunjahon Etnosport konfederatsiyasining “Meros bilan bog‘langan, etnosport bilan birlashgan” shiori ostida etnosport sammiti;
- Butunjahon Etnosport konfederatsiyasining Ijroiya qo‘mitasi aʼzolarining uchrashuvi;
- Teatrlashtirilgan konsert dasturi tashkil etiladi.