Xorazmda mini-futbol bo’yicha turnir o'tkazildi
Xorazm viloyatida “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining 1-mavsumida ishtirok etgan, hamda ijtimoiy og’ir toifaga kiruvchi yoshlar uchun sportning mini-futbol yo‘nalishi bo‘yicha turnir tashkil qilindi.
Turnir doirasida tumanlar va shaharlardan ishtirok etgan jamoalarga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan sport formalari (qishki va yozgi sport kiyimlari hamda sport sumkasi) tarqatildi.
Turnirda 3-o’rinni Xonqa tumani jamoasi, 2-o’rinni Bog’ot tumani jamoasi va faxrli 1-o’rinni Shovot tumani jamoalari qo’lga kiritdi.