Imkoniyatlar

Xorazmlik yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi


25-Iyul, 2022-yil 20:41 510

Xorazmlik yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi


Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xorazmlik yoshlar va ularning ota-onalari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. 


Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, 680 nafar xorazmlik yosh uchun jami 1 mlrd 706 mln 560 ming so‘m mablag‘ ajratiladi. 


Shundan 577 mln 200 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari 481 nafar yoshni haydovchilikka tayyorlov kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun hamda 1 mlrd 129 mln 360 ming so‘m pul mablag‘lari 199 nafar yoshning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat badalini qoplash uchun yo‘naltirilishi belgilandi.


Jumladan, 256 nafar oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning shartnoma to‘lovlari uchun jami 819 mln 117 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.



Shu mavzuga oid yangiliklar