Matbuot xizmati

Yangi maskanda ulkan rejalar bilan!


22-Fevral, 2021-yil 9:48 51

Namangan viloyatining Davlatobod tumanida qad rostlagan "Yoshlar kutubxonasi"da "Yoshlar press klubi"ning navbatdagi sessiyasi o'tkazildi. 


Ochiq muloqot tarzida o'tkazilgan uchrashuvda viloyat hokimi, sektor rahbarlari, Madaniyat, Xalq ta'limi hamda Mehnat va bandlik vazirligi vakillari, yoshlar ishtirok etdi. Yoshlarning fikr va g'oyalari tinglanib, takliflari qo'llab-quvvatlandi. 


Press klub yakunlangandan so'ng viloyat hokimi yoshlar bilan norasmiy va do'stona ruhda muloqot qildi. 


"Yoshlar press klubi"ning Namangan yoshlari bilan o'tgan sonini yaqin kunlarda "O'zbekiston24", Yoshlar va "MY5" telekanallarida tomosha qilishingiz mumkin. 


Shu mavzuga oid yangiliklar