Salom, yurtimiz volontyorlari.
Yoshlar ishlari agentligi va O'zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi mamlakatning ijtimoiy muammolarini hal qilishga hissa qo’shgan volontyorlar (ko'ngillilar), ko'ngillilar guruhlari va uyushmalarini rag'batlantirishga qaratilgan “Yil volontyori” tanlovini e'lon qiladi.
Tanlov ikki bosqichda o'tkaziladi:
birinchisi - tanlov ishtirokchilari anketani to'ldiradilar va volontyorlik faoliyati to'g'risida ma'lumotlarni taqdim etadilar;
ikkinchisi - eng ko'p ovoz to'plagan va ikkinchi bosqichga o'tgan ishtirokchilar intervyu orqali maxsus tanlov komissiyasi tomonidan baholanadi.
Natijada quyidagi nominatsiyalar bo'yicha bittadan g'oliblar aniqlanadi:
· “Mister volontyor-2021” nominatsiyasi
· “Miss volontyor-2021” nominatsiyasi
· “Yilning volontyorlik guruhi” nominatsiyasi
· “Yilning madaniyat volontyori” nominatsiyasi
· “Yilning eko volontyori” nominatsiyasi
· “Yilning tibbiy volontyori” nominatsiyasi
· “Sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi yil volontyori” nominatsiyasi
· “Yilning ijtimoit volontyori” nominatsiyasi
· “Yilning tadbir volontyori” nominatsiyasi
· “Yilning virtual volontyori” nominatsiyasi
· “Favqulodda vaziyatlarda ishtirok etgan yil volontyori” nominatsiyasi
· “Yo'qolganlarni qidirishda faol ishtirok etgan yil volontyori” nominatsiyasi
· “Yilning sport volontyori” nominatsiyasi
· “Yilning volontyorlik g'oyasi” nominatsiyasi
· “Hayvonat olamini muhofaza qiluvchi yil volontyori” nominatsiyasi
· “Donorlikni targ'ib qiluvchi yil volontyori” nominatsiyasi
· “Yilning faol volontyorlar hududi” –maxsus nominatsiyasi
· “Yilning agro volontyori” nominatsiyasi
· “Yilning media volontyori” nominatsiyasi
· “Volontyorning sirli” nominatsiyasi
Tanlovda ishtirok etmoqchimisiz?
Ariza va volontyorlik faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlaringizni telegramdagi @YilVolontyoriBot 👈 manziliga yuboring.
Shoshiling, arizalarni qabul qilish 20-iyundan, 20-iyulgacha davom etadi.
"Yil volontyori" Siz ekanligingizni isbotlash fursati yetdi.