Matbuot xizmati

Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova hamda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha “German Sparkassenstiftung” tashkiloti boshqaruvchi direktori Niklaus Bergmann bilan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi


21-Iyun, 2022-yil 22:49 150

Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova hamda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha “German Sparkassenstiftung” tashkiloti boshqaruvchi direktori Niklaus Bergmann bilan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.


Hamkorlik uchrashuvida Niklaus Bergmann O‘zbekiston Respublikasida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, yosh fermerlar va tadbirkorlarni o‘qitish hamda ularning moliyaviy savodxonligi oshirish bo‘yicha amalga oshiirilayotgan samarali ishlardagi hamkorlik uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirdi.


Bundan tashqari, uchrashuvda hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, hududlarda “Mas’uliyatli moliya”, “Qishloq hududlarini rivojlantirishda ko‘maklashish” hamda “Tadbirkor ayol” loyihalarini birgalikda amalga oshirish bo'yicha muzokaralar o'tlazildi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi sohasida trenerlar tayyorlash, tadbirkorlarni o‘qitish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yoshlar sonini (kvotalar) oshirish masalalari yuzasidan kelishib olindi.


Shu mavzuga oid yangiliklar