Matbuot xizmati

Yoshlar ishlari agentligi Hay’atining yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkaziladi


29-Iyul, 2022-yil 17:41 296

Yoshlar ishlari agentligi Hay’atining yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkaziladi


Ertaga, 30-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Hay’atining “2022-yil birinchi yarim yillikda yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda bu borada kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.


Yoshlar ijod saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yig‘ilishda Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati, markaziy apparat boshqarma va bo‘lim boshliqlari, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti rahbariyati hamda mas’ul xodimlari, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi rahbariyati, markaziy apparat boshqarma va bo‘lim boshliqlari, “Yoshlar - kelajagimiz” jamg‘armasi rahbariyati va mas’ul xodimlari markaziy studiya orqali bevosita ishtirok etadi. 


Qayd etish lozim, Hay’at yig‘ilishida Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari barcha rahbar va mas’ul xodimlari, Yoshlar ittifoqining hududiy kengashlarining rahbarlari va mas’ul vakillari, “Yoshlar - kelajagimiz” jamg‘armasi bo‘linmalarining xodimlari, shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) bo‘limlari rahbar va mas’ul xodimlari, Yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashlari xodimlari, Mahalladagi yoshlar yetakchilari hududiy va tuman studiyalaridan ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.


Kun tartibida Agentlik direktori o‘rinbosarlari, hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori faoliyat doirasidagi masalalar, birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berishi belgilangan.


Shu mavzuga oid yangiliklar