Namangan viloyati Pop tuman hokimining 2021-yil 20-fevraldagi qarori bilan Arslonov Zafar Doniyorovich tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Zafar Arslonov 2020-yil avgust oyidan beri O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Pop tuman bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi. Bungacha u O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida faoliyat olib borgan.
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi Zafar Arslonovni bildirilgan yuksak ishonch bilan tabriklaydi, kelgusi ishlariga omad va zafarlar tilaydi!